Yurislingvistika
Til va huquq, qonun ijodkorligi va huquqiy boshqaruvda tilshunoslikning nazariy va amaliy integratsiyasi.
Ko‘chimov Shuhrat Norqizilovich 1990-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining o‘zbek filologiyasi fakultetini tamomlab, shu institutda o‘qituvchi sifatida mehnat faoliyatini boshlagan.
1993–1996-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida katta ilmiy xodim bo‘lib ishlagan. 1995-yilda «O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining tili» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
1996–2016-yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kafedra mudiri, dekan, ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. 2004-yilda «Huquqiy normalarni o‘zbek tilida ifodalashning ilmiy-nazariy muammolari (lingvo-yuridik tahlil)» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Hozirda Toshkent davlat yuridik universiteti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi a’zosi. «Huquqiy nutq», «Yurislingvistika» va «Sud lingvistik ekspertizasi asoslari» fanlaridan ma’ruzalar o‘qiydi.
Davlat tili va yurislingvistika masalalari bo‘yicha 40 ga yaqin ilmiy risola, darslik va o‘quv qo‘llanma hamda 150 dan ortiq ilmiy maqola muallifi.
Nizomiy nomidagi TDPI, o‘zbek filologiyasi fakultetini tamomladi
IIV Akademiyasi — katta ilmiy xodim
Nomzodlik dissertatsiyasi: «O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining tili»
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti — kafedra mudiri, dekan, ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor
Doktorlik (DSc) dissertatsiyasi himoyasi
«Yurislingvistika» raqamli platformasiga asos soldi
TDYU professori, Atamalar komissiyasi a’zosi
Til va huquq, qonun ijodkorligi va huquqiy boshqaruvda tilshunoslikning nazariy va amaliy integratsiyasi.
Nutqiy huquqbuzarliklar — tuhmat, haqorat, ekstremistik nutq va tahdidlar bo‘yicha sud ishlarida lingvistik ekspertiza.
Konstitutsiya va kodekslar asosida qonun hujjatlarining aniqligi va sintaksisini tahlil qilish.
O‘zbek tilida standartlashtirilgan yuridik atamalar va terminlarni kodifikatsiya qilish, yuridik lug‘atlar yaratish.
shuningdek, 150 dan ortiq ilmiy maqola